Asosiy kontentga o'tish

GapirAI API / Hujjat

API v1 hujjati

Videolarni oʻzbekchaga dublaj va subtitr qilish uchun REST API. Soʻrov va javoblar JSON. Ish fon rejimida bajariladi: soʻrov darhol id qaytaradi, natija tayyor boʻlganda webhook keladi yoki holatni soʻrab turasiz. Matndan ovoz (TTS), nutqdan matn (STT) va tarjima endpointlari tez orada qoʻshiladi.

Kirish

Asosiy manzil: https://api.gapirai.uz/v1. Har soʻrovda API kalitni Authorization sarlavhasida yuboring. Kalitni dasturchilar sahifasida yarating. Kalitni faqat serveringizda saqlang. Brauzer yoki mobil ilova kodiga joylamang.

Authorization: Bearer <API_KALIT>

Narx

Narx saytdagi bilan bir xil: video davomiyligi (daqiqa) hisobingizdagi daqiqalardan yechiladi. Dublaj va subtitr bir xil narxda. Daqiqa yetmasa, 402 insufficient_minutes qaytadi va pul yechilmaydi. Xato bilan tugagan ish uchun daqiqa qaytariladi. Daqiqalarni tariflar sahifasida sotib olasiz.

Dublaj yaratish

POST/v1/dubs

YouTube videosini oʻzbekchaga dublaj (mode: "dub") yoki subtitr (mode: "subtitles") qiladi.

MaydonTuriTavsif
source_urlstring, majburiyYouTube havolasi.
mode"dub" | "subtitles"dub: oʻzbekcha ovozli video, audio va subtitr. subtitles: faqat subtitr. Standart: dub.
voice_gender"auto" | "male" | "female"Diktor ovozi. auto: gapiruvchiga qarab aniqlanadi.
source_language"auto" | "uz"uz: video oʻzbekcha (faqat subtitles rejimida, tarjimasiz).
webhook_urlstring, ixtiyoriyTayyor boʻlganda xabar yuboriladigan https manzil.
curl
curl https://api.gapirai.uz/v1/dubs \
  -H "Authorization: Bearer $GAPIRAI_API_KEY" \
  -H "Content-Type: application/json" \
  -H "Idempotency-Key: lesson-42" \
  -d '{
    "source_url": "https://www.youtube.com/watch?v=VIDEO_ID",
    "mode": "dub",
    "voice_gender": "auto",
    "webhook_url": "https://example.uz/gapirai-webhook"
  }'

Javob: 201 va dublaj obyekti (status: "queued"). Agar bu video avval dublaj qilingan boʻlsa, javob darhol completed boʻlishi mumkin.

Fayldan dublaj

POST/v1/dubs/upload

Video faylni yuboradi. Tana — faylning xom baytlari (multipart emas). Content-Type (video/mp4, video/quicktime, video/x-matroska, video/webm) va Content-Length majburiy, X-File-Name ixtiyoriy. mode, voice_gender, source_language, webhook_url — query parametrlar.

curl
curl "https://api.gapirai.uz/v1/dubs/upload?mode=subtitles" \
  -H "Authorization: Bearer $GAPIRAI_API_KEY" \
  -H "Content-Type: video/mp4" \
  -H "X-File-Name: dars-1.mp4" \
  --data-binary @dars-1.mp4

Holatni olish

GET/v1/dubs/{id}

MaydonTuriTavsif
statusstringqueued — navbatda, processing — ishlanmoqda, completed — tayyor, failed — xato.
stagestringBatafsil bosqich: pending, downloading, transcribing, translating, synthesizing, merging, completed, failed.
progressnumber0–100.
outputsobject | nullFaqat completed holatda. Subtitr rejimida video_url va audio_url boʻlmaydi.
errorobject | nullFaqat failed holatda: code va message.
Javob
{
  "id": "6f1c2a9e-1b7d-4c55-9a8e-3d2f0b6c1e42",
  "object": "dub",
  "mode": "dub",
  "status": "completed",
  "stage": "completed",
  "progress": 100.0,
  "title": "Introduction to Machine Learning",
  "source_url": "https://www.youtube.com/watch?v=VIDEO_ID",
  "duration_seconds": 412.5,
  "voice_gender": "auto",
  "created_at": "2026-11-21T10:15:02Z",
  "completed_at": "2026-11-21T10:19:40Z",
  "outputs": {
    "video_url": "https://api.gapirai.uz/api/outputs/6f1c.../video",
    "audio_url": "https://api.gapirai.uz/api/outputs/6f1c.../audio",
    "srt_url": "https://api.gapirai.uz/api/jobs/6f1c.../subtitles.srt",
    "vtt_url": "https://api.gapirai.uz/api/jobs/6f1c.../subtitles.vtt?download=1",
    "text_url": "https://api.gapirai.uz/api/jobs/6f1c.../subtitles.txt"
  },
  "error": null,
  "webhook": { "url": "https://example.uz/gapirai-webhook", "status": "delivered", "attempts": 1 }
}

Fayl havolalari maxfiy ID orqali ishlaydi va kalit talab qilmaydi — ularni foydalanuvchilaringizga bersangiz boʻladi yoki oʻz serveringizga yuklab oling. Holatni 10–30 soniyada bir marta soʻrash yetarli; webhook ishlatsangiz, umuman shart emas.

Python
import os, time, requests

API = "https://api.gapirai.uz/v1"
H = {"Authorization": f"Bearer {os.environ['GAPIRAI_API_KEY']}"}

dub = requests.post(f"{API}/dubs", headers=H, json={
    "source_url": "https://www.youtube.com/watch?v=VIDEO_ID",
    "mode": "subtitles",
}).json()

while dub["status"] in ("queued", "processing"):
    time.sleep(15)
    dub = requests.get(f"{API}/dubs/{dub['id']}", headers=H).json()

if dub["status"] == "completed":
    print(dub["outputs"]["srt_url"])
else:
    print("Xato:", dub["error"])

Roʻyxat

GET/v1/dubs?limit=20&offset=0

API orqali yaratilgan dublajlaringiz, yangisi birinchi. Javob: { "object": "list", "data": [...] }.

Webhook

webhook_url berilgan boʻlsa, dublaj tugaganda shu manzilga POST yuboriladi. Hodisalar: dub.completed va dub.failed. Serveringiz 10 soniya ichida 2xx bilan javob bersin. Aks holda yana 2 marta urinamiz (30 soniya va 5 daqiqadan keyin). Bir hodisa bir necha marta kelishi mumkin — data.id bo'yicha takrorlarni oʻtkazib yuboring.

Soʻrov
POST https://example.uz/gapirai-webhook
Content-Type: application/json
GapirAI-Event: dub.completed
GapirAI-Signature: t=1795262380,v1=5f8e0c...

{
  "id": "evt_9b0c4e...",
  "event": "dub.completed",
  "created_at": "2026-11-21T10:19:41Z",
  "data": { ...dublaj obyekti... }
}

Imzoni tekshiring: GapirAI-Signature sarlavhasida t (Unix vaqt) va v1 = HMAC-SHA256(sir, t + "." + xom_tana). Sir — dasturchilar sahifasidagi „Webhook siri“ yoki GET /v1/webhook-secret. Tanani JSON qilib qayta yigʻmasdan, kelgan baytlarning oʻzi bilan tekshiring.

Python
import hashlib, hmac, time

def verify(raw_body: bytes, header: str, secret: str, tolerance=300) -> bool:
    parts = dict(p.split("=", 1) for p in header.split(","))
    t, sig = parts["t"], parts["v1"]
    if abs(time.time() - int(t)) > tolerance:
        return False  # eski so'rov -- qayta yuborish hujumi
    expected = hmac.new(secret.encode(), f"{t}.".encode() + raw_body, hashlib.sha256).hexdigest()
    return hmac.compare_digest(expected, sig)
Node.js
import crypto from 'node:crypto'

export function verify(rawBody, header, secret, tolerance = 300) {
  const parts = Object.fromEntries(header.split(',').map((p) => p.split('=')))
  if (Math.abs(Date.now() / 1000 - Number(parts.t)) > tolerance) return false
  const expected = crypto.createHmac('sha256', secret)
    .update(`${parts.t}.`).update(rawBody).digest('hex')
  return crypto.timingSafeEqual(Buffer.from(expected), Buffer.from(parts.v1))
}

POST/v1/dubs/{id}/webhook/redeliver

Webhook yetib bormagan boʻlsa, qayta yuborishni soʻraydi (faqat tugagan dublaj uchun). Javob: 202.

Balans

GET/v1/balance

Javob
{
  "object": "balance",
  "minutes_available": 342.5,
  "monthly_remaining": 300.0,
  "purchased_minutes": 42.5,
  "unlimited": false
}

Takroriy soʻrovlar

Tarmoq uzilib, soʻrovni qayta yuborsangiz, daqiqa ikki marta yechilmasligi uchun Idempotency-Key sarlavhasini qoʻshing (1–128 belgi, masalan buyurtma yoki dars ID). Bir xil kalit bilan kelgan takroriy soʻrov yangi ish yaratmaydi — oldingi dublajni 200 bilan qaytaradi.

Xatolar

Xato javoblari bir xil koʻrinishda. code — dastur uchun (oʻzgarmaydi), message — odam uchun (oʻzbekcha).

{
  "error": {
    "code": "insufficient_minutes",
    "message": "Daqiqa balansi yetarli emas.",
    "minutes_short": 3
  }
}
HTTPcodeMaʼnosi
400invalid_requestMaydon notoʻgʻri (masalan, source_language=uz faqat subtitr rejimida).
400invalid_source_urlHozircha faqat YouTube havolasi qabul qilinadi.
400invalid_webhook_urlwebhook_url https emas yoki ichki manzilga ishora qiladi.
400video_too_longVideo ruxsat etilgan davomiylikdan uzun.
400source_unavailable / invalid_fileVideo ochilmadi yoki fayl buzilgan.
401unauthorizedKalit yoʻq, notoʻgʻri yoki bekor qilingan.
402insufficient_minutesDaqiqa yetarli emas. minutes_short — yetishmayotgan daqiqa.
403content_blockedVideo kontent siyosatiga mos kelmadi.
404not_foundDublaj topilmadi yoki sizniki emas.
409not_finishedAmal faqat tugagan dublajga qoʻllanadi.
413 / 415file_too_large / unsupported_media_typeFayl juda katta yoki formati qoʻllanmaydi (MP4, MOV, MKV, WebM).
429rate_limited / daily_limit / too_many_active_jobsJuda koʻp soʻrov. Retry-After sarlavhasiga qarang.
503server_busyNavbat toʻla. Retry-After soniyadan keyin qayta urining.

Limitlar

MaydonTuriTavsif
POST /v1/dubs60 / 10 daqiqaBitta IP manzildan.
POST /v1/dubs/upload30 / 10 daqiqaFayl hajmi 1 GB gacha.
GET /v1/dubs/{id}600 / daqiqa
Bir vaqtda ishlanadigantarifga bogʻliqOshsa 429 too_many_active_jobs.

Koʻproq kerak boʻlsa, hamkorlik boʻyicha yozing.